ZO'R 6


Agarda daqiqa, SMS yoki MB tugasa
"Perezagruzka" xizmatining narxi har bir so'rov uchun - 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va "Perezagruzka" xizmatning narxi - 2000 so'm bo'lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi - 2000 so'm va tarif reja bo'yicha oylik abonent to'lovi yechiladi. So'ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, tarif bo'yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig'i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqalar qoldig'i uchun *106#
SMSlar qoldig'i uchun *105#
Mb *103#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Boshqa tariflardan o'tish
Mahalliy aloqa
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari 100 so'm/daq.
O’zbekiston bo’yicha 1 SMS 100 so'm.
Internet, 1 MB 100 so'm.
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so'm/daq.
Yevropaga 6820 so'm/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so'm/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so'm/daq.
Amerika va Afrikaga 7830 so'm/daq.
Avstraliyaga 11370 so'm/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so'm
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so'm/daq.
2 - yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so'm/daq.
3 - yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so'm/daq.
4 - yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so'm/daq.
Standart ravishda amalda bo‘lgan xizmatlar
SMS qabul qilish va yuborish batafsil...
Ma'lumotlarni qabul qilish va uzatish batafsil...
Qo'shimcha ma'lumot
• Yangi ulanganda va tarifga o'tganda oylik paketlarni amal qilish muddati va keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi 1 oyni tashkil etadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan sanadan 1 oylik oraliq bilan (oyning birinchi kuniga bog’lanmagan holda) amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi.
• Navbatdagi oylik abonent to'lovi to'lanishi kerak bo'lgan sanada abonent balansida yetarli mablag' bo'lsa oylik abonent to'lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to'lovi uchun yetarli mablag' bo'lmasa unda bir kunlik abonent to'lovi yechiladi va joriy kun oxirigacha bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to'lovi kunda bir marotaba to'lanadi. Hisobda yetarli mablag' mavjud bo'lmaganda oylik va kunlik abonent to'lovlari qarzga yechilmaydi, trafik kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to'lov tarif reja shartlariga asosan ko'rsatilgan narxlar bo'yicha amalga oshiriladi.
• Tarif bo’yicha taqdim etilgan MB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
• Bir kulik abonent to'lovi to'lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi, toki hisobingizda bir oylik abonent to'lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmagunicha. Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to'lovi yeshilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• Agar oylik abonent to'lovi yechilishi vaqtida abonentda bir kunlik trafik paketi bor bo'lgan bo'lsa - kunlik va oylik paketlarning trafiki bir biriga qo'shilib ketmaydi. Kunlik paket kun tugashiga qadar amal qiladi va birinchi navbatda sarflanadi.
• Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo'shilmaydi.
• Tarifga kiritilgan paket (oylik yoki kunlik) tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo’ng’iroqlar narxlanishi tarif bo’yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Megabaytlarni tekshirish uchun *103#, SMSlar uchun -*105#.
• Tarif rejaga o'tganda foydalanilmay qolgan asosiy internet trafik qoldig'i saqlanib qolinadi va yangi taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo'shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so'nggi taqdim etilgan trafik muddatiga tenglashtiriladi. Tarif bo'yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo'lmagan Mblar, daqiqa va SMSlar) qoldig'i kuyadi.
• Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Shu bilan birga tariff bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to'lovi to'lanishi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 30 kun o'tganidan so'ng ishga tushadi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
• Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo'lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin
• Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag' yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida "Beeline Uz" tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
• Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 40 daqiqani tashkil etadi.