Bosh sahifa/Xabarlar/EUROUZ Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda PR-nonushta tashkil etdi

EUROUZ Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda PR-nonushta tashkil etdi

23 Dekabr

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Bugun EUROUZ jamoatchilik aloqalari va strategik kommunikatsiyalar qo‘mitasi Beeline Uzbekistan rahbarligida, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston diqqat markazida: ommaviy axborot vositalari taassuroti va strategik yo‘nalishlar» mavzusidagi ikkinchi mutaxassislar nonushtasini o‘tkazdi.

Tadbirda 35 dan ortiq biznes vakillari, xalqaro tashkilotlar, mediauyushmalar hamda mahalliy va xalqaro OAV va jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi ekspertlar ishtirok etib, kommunikatsiya strategiyasining asosiy masalalari va turli manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildilar.

Akramjon Fozilov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Muassislar kengashi raisi, mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlab, shunday dedi:

"Yurtimizni zamonaviy, ochiq va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida qabul qilish yangi imkoniyatlarni jalb etadi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, ochiq muloqot va xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan tajriba almashish esa qiyinchiliklarni imkoniyatlarga aylantirishga yordam beradi."

Tadbir dasturi Beeline Uzbekistan kompaniyasining may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan GSMA M360 Global sammitiga bag‘ishlangan keys-tahlil, EUROUZ qo‘mitasining 2025-yil uchun tashabbuslarini muhokama qilish, shuningdek, xalqaro jurnalist va Financial Times sobiq muxbiri Nastasya Astrashevskayaning O‘zbekistondagi xalqaro OAV istiqbollari mavzusidagi onlayn nutqini o‘z ichiga oldi.

Valentina Butnik, Beeline Uzbekistan kompaniyasining tashqi aloqalar va reputatsion boshqaruvi direktori, shunday ta’kidladi:

"Har birimiz axborot makoniga o‘zimizning noyob hissamizni qo‘shamiz, jamoatchilik ongini shakllantirib, qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatamiz, mamlakat va iqtisodiyot imijini yaratib, muhim ma’lumotlarni tushunarli so‘zlar bilan yetkazamiz. Biz qo‘mitamiz O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda biznes, jurnalistika va strategik kommunikatsiyalarni birlashtiruvchi platformaga aylanishini istaymiz, shuning uchun 2025-yilda hamjamiyatda o‘ndan ortiq turli uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz."

Tadbir netvorking bilan yakunlandi, unda ishtirokchilar g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish va keyingi qadamlarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Qo‘mitaning mazkur nonushtasi O‘zbekiston medialandshaftini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi birgalikdagi sa’y-harakatlar ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Tashkilotchilar barcha ishtirokchilar va hamkorlarga faol ishtirok va samarali muhokamalar uchun minnatdorchilik bildirishadi.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin